Rik va Morti multseriali asosida toʻliq metrajli animatsion film suratga olinadi

Ushbu loyiha Den Harmonning kult darajasidagi ilmiy-fantastik serialidagi birinchi toʻliq metrajli film boʻladi.
Adult Swim kompaniyasi Rik va Morti haqidagi hikoya asosida toʻliq metrajli animatsion film ustida ish boshladi. Ushbu loyiha Den Harmonning kult darajasidagi ilmiy-fantastik serialidagi birinchi toʻliq metrajli film boʻladi.
Serial ustida toʻrtinchi mavsumdan beri ishlagan Jeykob Heyr rejissyorlik qiladi. Syujet tafsilotlari hozircha sir saqlanmoqda. Shuningdek, loyiha faqat striming loyihasi boʻladimi yoki kinoteatrlarda namoyish etiladimi, noma’lum.
24-may kuni namoyish etiladigan to‘qqizinchi mavsum fonida franshiza yangi kengayish bosqichiga o‘tmoqda: Adult Swim serialni o‘n ikkinchi mavsumgacha uzaytirishga allaqachon buyurtma bergan va ayni paytda uning koinoti doirasida alohida loyihalarni ham faol rivojlantirmoqda.