"Avatar: Soʻnggi havo hukmdori" serialining ikkinchi mavsum treyleri chiqarildi

E’lon qilingan sana· 826
 "Avatar: Soʻnggi havo hukmdori" serialining ikkinchi mavsum treyleri chiqarildi

Netflix kompaniyasi Nickelodeon’ning mashhur multseriali asosida suratga olingan “Avatar: Soʻnggi havo hukmdori” seriali ikkinchi mavsumining yangi to‘liq treylerini chiqardi.

Syujet ikkinchi “Yer kitobi"ni davom ettiradi: Aang, Katara va Sokka Yer saltanatiga yo‘l olishadi. U yerda bosh qahramon yer sehrgarligi bo‘yicha yangi ustoz topishi va Olov xalqi bilan bo‘ladigan to‘qnashuvga tayyorgarlikni davom ettirishi kerak bo‘ladi. Mavsumning markaziy qahramonlaridan biri afsonaviy ko‘zi ojiz yer sehrgari Tof Beyfong bo‘lib, u yangi kadrlarda ilk bor to‘liq namoyon etiladi.

Bosh rollarga Aang rolida Gordon Kormye, Katara rolida Kiaventio Tarbell, Sokka rolida Ian Ausli va Zuko rolida Dallas Lyu qaytadi. Shu bilan birga, Netflix ikkinchi mavsum premyerasidan avvalroq uchinchi mavsumni ham suratga olib bo‘ldi.

Serial 25-iyundan namoyish etila boshlaydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling