2026-yilgi Kann kinofestivali gʻoliblari e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 22
2026-yilgi Kann kinofestivali gʻoliblari e'lon qilindi

"Oltin palma yaprogʻi" mukofoti ruminiyalik rejissyor Kristian Munjiuning "Fjord" filmiga berildi.

Fransiyada 79-Kann kinofestivali yakunlandi. Rejissyor Pak Chxan-uk (“Oldboy”) raisligidagi hakamlar hay’ati asosiy tanlov g‘oliblarini e’lon qildi. Ko‘rikning bosh mukofoti — “Oltin palma yaprogʻi"ni ruminiyalik rejissyor Kristian Munjiuning “Fjord” filmi qoʻlga kiritdi. Bu rejissyor uchun ikkinchi g‘alaba hisoblanadi. U ilk marta deyarli yigirma yil oldin “Oltin palma yaprogʻi"ni qoʻlga kiritgandi.


Kristian Munjining “Fjord” filmi

Festivalning Gran-pri sovrini Andrey Zvyaginsevning (“Левиафан”, “Нелюбовь”) “Минотавр” filmiga nasib etdi. Bu rejissyorning to‘qqiz yil ichidagi birinchi to‘liq metrajli kinosi hisoblanadi.

Hakamlar hay’ati sovrini “The Dreamed Adventure” dramasi uchun Valeska Grizebaxga, eng yaxshi rejissyorlik mukofoti esa “Fatherland” filmi uchun Pavel Pavlikovskiyga, shuningdek, Xavyer Kalvo hamda Xavyer Ambrossi duetiga “La Bola Negra” filmi uchun topshirildi.


Andrey Zvyaginsevning “Минотавр” filmi

Ushbu festivalda “Alohida nigoh” seksiyasi e’tiborni tortdi, unda Sandra Volnerning “Everytime” kinokartinasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Kinoga qo‘shgan hissasi uchun faxriy mukofotlar Piter Jekson (“Uzuklar hukmdori”), Barbra Streyzand va Jon Travoltaga topshirildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling