"Vought Rising" serialining ilk tizeri chiqarildi

E’lon qilingan sana· 35
"Vought Rising" serialining ilk tizeri chiqarildi

Serial “The Boys” serialining yangi spin-offi va prikveli bo‘lib, unda franshiza olamidagi eng nufuzli kompaniyaning ilk yillari haqida hikoya qilinadi.

Prime Video “Vought Rising” serialining debyut tizerini taqdim etdi. Serial “The Boys” serialining yangi spin-offi va prikveli bo‘lib, unda franshiza olamidagi eng nufuzli kompaniyaning ilk yillari haqida hikoya qilinadi.

Voqealar 1950-yillarda sodir bo‘ladi va Vought korporatsiyasining dastlabki o‘n yillik faoliyatini, ya’ni kompaniya superqahramonlarni tijoriy va siyosiy vositaga aylantira boshlagan davrni tadqiq etadi. Hikoya markazida yosh Soldier boy va kelajakdagi superlar imperiyasini shakllantirishda asosiy shaxslardan biri bo‘lgan Klara Voyt turadi.

O‘z rollariga Soldier boy obrazida Jensen Ekls (“Supernatural”) va o‘sha davrda Klara Voyt nomi ostida yashiringan Shtormfront rolida Aya Kesh (“you're the Worst”) qaytadi. Loyiha mualliflari yana Erik Kripke (“Supernatural”) va “The Boys” prodyuserlar jamoasi hisoblanadi.

Serial 2027-yilda namoyish etila boshlaydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling