Anime Awards 2026 taqdimotida eng yaxshi animelar nomi e'lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 1 564

Tokioda anime sanoatidagi eng yirik jahon mukofotlaridan biri sanalgan “Anime Awards 2026"ning 10-taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. “Yil animesi” bosh mukofotini esa “My hero academia” anime serialining final mavsumi qo‘lga kiritdi.

Bu yil mukofot o‘zining 10 yilligini nishonlamoqda va butun dunyodagi muxlislar 73 milliondan ortiq ovoz berishdi — bu mukofot uchun rekord ko‘rsatkichdir.
“Demon slayer: Infinity castle” filmi “Eng yaxshi film” va “Eng yaxshi musiqiy jo‘rlik” nominatsiyalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, kechaning asosiy g‘oliblaridan biriga aylandi. “The Apothecary Diaries”, “Gachiakuta” va “Solo Leveling” asarlari ham yaxshi natija ko‘rsatdi.
2026-yilgi Anime Awards mukofotining asosiy gʻoliblari:
- Yil animesi — My Hero Academia (final mavsum);
- Eng yaxshi film — Demon Slayer: Infinity Castle;
- Eng yaxshi davom etayotgan anime — One Piece;
- Eng yaxshi yangi serial — Gachiakuta;
- Eng yaxshi original anime — Lazarus;
- Eng yaxshi ekshen-anime — Solo Leveling;
- Eng yaxshi dramatik anime — The Apothecary Diaries;
- Eng yaxshi komedik anime — Dan Da Dan;
- Eng yaxshi romantik anime — The Fragrant Flower Blooms With Dignity;
- Eng yaxshi kundalik hayot janridagi anime — SPY x FAMILY;
- Eng yaxshi bosh qahramon — Maomao (The Apothecary Diaries);
- Eng yaxshi ikkinchi darajali qahramon — Katsuki Bakugo (My Hero Academia);
- Eng yaxshi animatsiya — Solo Leveling;
- Eng yaxshi personaj dizayni — Gachiakuta.




