"Supergirl" filmining yangi treyleri chiqdi

E’lon qilingan sana· 75
"Supergirl" filmining yangi treyleri chiqdi

Voqea so‘nggi yillarda qahramon haqidagi eng yuqori baholangan asarlardan biri bo‘lgan “Supergirl: Woman of Tomorrow” komiksiga asoslangan.

DC Studios yangilangan DC kinematik olamining Superman filmidan keyingi ikkinchi to‘liq metrajli loyihasi — Supergirl filmining yangi treylerini taqdim etdi.

Syujetga ko‘ra, Kara Zor-El o‘zining iti Kripto bilan galaktika bo‘ylab sayohatga otlanadi. Yo‘lda u oilasining qotili — Kremdan qasos olishni istagan yosh Ruti Mari Noll bilan uchrashadi. Film Tom King va Bilkis Evelining “Supergirl: Woman of Tomorrow” komiksi asosida suratga olingan bo‘lib, u so‘nggi yillardagi Supergirl haqidagi eng yuqori baholangan asarlardan biri hisoblanadi.

Bosh rolni Milli Olkok (“Ajdaho uyi”) ijro etgan, rejissyorlikni esa Kreyg Gillespi (“Kruella”, “Men, Tonya”) o‘z zimmasiga olgan. Filmda shuningdek, Lobo rolida Jeyson Momoa (“Akvamen”), Krem rolida Mattias Shonarts (“Zang va suyak”), Ruti rolida Iv Ridli (“Uch jism muammosi”), Devid Krumholts (“Oppengeymer”), Emili Bichem (“1899”) hamda yana Klark Kent obrazida namoyon bo‘ladigan Devid Korensvet (“Supermen”) ham rol ijro etishgan.

Film premyerasi 25-iyunga rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling