Netflix "Qizaloq va Maymoq" multfilmining yangi fasllarini koʻrsatish huquqini sotib oldi

E’lon qilingan sana· 177
Netflix "Qizaloq va Maymoq" multfilmining yangi fasllarini koʻrsatish huquqini sotib oldi

Netflix platformasi Rossiyaning “Qizaloq va Maymoq” (“Маша и Медведь”) animatsion seriali yangi fasllari uchun huquqlarni sotib oldi. Bu haqda Deadline xabar berdi.

Qayd etilishicha, platforma shouning allaqachon chiqarilgan mavsumlari va spin-offlarini namoyish etish bo‘yicha kelishuvni ham uzaytirgan. Yangi epizodlarda qizaloq Masha ilk bor bolalar bog‘chasiga boradi. Yeti personaji va uning oilasi haqida ham hikoya qilinadi.

Netflix “Qizaloq va Maymoq"ni 100 dan ortiq mamlakatlarda, xususan, AQSh va Kanadada namoyish etishda davom etadi. Animatsion loyiha “Peppa Pig” va “Paw Patrol” bilan bir qatorda eng muvaffaqiyatli bolalar shoularidan biri hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, “Qizaloq va Maymoq” multseriali 2009-yilda “Animakkord” studiyasi tomonidan ishlangan. Unga Oleg Kuzovkov rassom-animatorlar, bastakor Vasiliy Bogatiryov va ovoz rejissyori Boris Kutnevich bilan birgalikda asos solgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling