“Ajdarlar uyi” yangi mavsumining Olmaotadagi yopiq premyerasidan eksklyuziv reportaj

E’lon qilingan sana· 231
“Ajdarlar uyi” yangi mavsumining Olmaotadagi yopiq premyerasidan eksklyuziv reportaj

18-iyun kuni Olmaota shahridagi Cinemax Dostyk Multiplex kinoteatrida “Ajdarlar uyi” serialining uchinchi mavsumi ilk qismi jahon premyerasidan uch kun oldin yopiq namoyish etildi. Mehmonlarni Vesteros olamidan ilhomlangan muhit kutib oldi: qizil yo‘lak, tematik fotozona, furshet, DJ-set va so‘nggi yillarning eng mashhur fentezi olamlaridan biriga sho‘ng‘ish imkonini bergan maxsus makon tashkil etildi.

Namoyish boshlanishidan oldin mehmonlar kinoteatr foyesida yig‘ilib, suhbatlashdi, suratga tushdi va bir-biri bilan tanishdi. Bu esa premyera oldidan o‘ziga xos kutish va hayajon muhitini yaratdi.

Tadbirda Qozog‘iston kinoindustriyasi vakillari, taniqli blogerlar, san’atkorlar, muharrirlar va jurnalistlar jam bo‘lib, so‘nggi yillarning eng yirik va eng ko‘p muhokama qilingan seriallaridan birining davomiy qismini birinchi bo‘lib tomosha qilishdi.

Yopiq namoyishda qozog‘istonlik rejissyor va klipmeyker Aysultan Seit, aktyor Sanjar Madi, feshn-bloger Gauhar Jeksen, aktrisa Aydana Saxari, xonanda Dequine, aktyor Asqar Ilyasov, rejissyor Dias Bertis va boshqa ko‘plab mehmonlar ishtirok etdi.

Tadbir hamkorlari mehmonlar uchun kichik sovg‘alar ham tayyorlagan edi. Kinoteatrdagi har bir o‘rindiqda tomoshabinlarni ajdar tangachalariga o‘xshatib bezatilgan maxsus shokolad kutib turdi va u premyera tomoshasiga yoqimli qo‘shimcha bo‘ldi.

Rasmiy qismdan so‘ng mehmonlar yangi mavsumning ilk qismini katta ekranda birinchi bo‘lib tomosha qilishdi. Dastlabki daqiqalardanoq epizod voqealarning keyingi rivojiga keskin ohang beradi va tomoshabinlarni yana hokimiyat uchun kurash, siyosiy fitnalar hamda keng ko‘lamli qarama-qarshiliklar markaziga qaytaradi.

Ikkinchi mavsum Reynira Targariyen tarafdorlari va qirol Egon II o‘rtasidagi mojaro to‘liq urush bosqichiga o‘tishi bilan yakunlangan edi. Final epizodida hal qiluvchi jang ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, yaqinlashib kelayotgan to‘qnashuv oldidan asosiy qahramonlar o‘z pozitsiyalarini mustahkamlab, ittifoqchilar topishga kirishgani namoyon etilgan edi. Mavsum yakuni tomoshabinlarga “Ajdarlar raqsi"ning eng yirik voqealari hali oldinda ekanini anglatib, davomiga katta qiziqish uyg‘otgan.

Muhim syujet tafsilotlarini oshkor qilmagan holda aytish mumkinki, yangi mavsumning birinchi qismi intrigani saqlab qoladi va javoblardan ko‘ra ko‘proq savollar qoldiradi. Temir taxt uchun kurashda kim ustunlikka erishadi? Qaysi ittifoqlar uzoq davom etmaydi? Va bo‘lajak voqealarda ajdarlar qanday rol o‘ynaydi? Bu savollarga javoblarni tomoshabinlar keyingi epizodlarda bilib oladilar.

O‘zbekistonda serial 22-iyundan boshlab Allplay platformasi da Amediateka obunasi orqali tomosha qilish uchun taqdim etilgan. Franshiza muxlislari uchun yangi qismlar uzoq kutilgan davom bo‘lsa, bu olam bilan endigina tanishayotganlar uchun ajdarlar, saroy fitnalari va hokimiyat uchun kurashlarga boy fentezi dunyosiga ilk bor sho‘ng‘ish imkoniyatini beradi.

Arina Melnichuk
Muallif
Arina Melnichuk
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling