"Betmen: Ritsarning qulashi" animatsion filmi treyleri e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 85
"Betmen: Ritsarning qulashi" animatsion filmi treyleri e’lon qilindi

Aynan shu hikoyada Bane birinchi marta Qora ritsarni magʻlub etib, Gothamning himoyachisi rolini vaqtincha Azrael egalladi.

DC Studios va Warner Bros. Animation 1990-yillardagi mashhur “Betmen: Ritsarning qulashi” (Batman: Knightfall) syujetiga asoslangan to‘liq metrajli animatsion filmning ilk treylerini taqdim etdi.

Gothamda Beyn Arkhem ruhiy kasalliklar shifoxonasidagi mahbuslarning ommaviy qochishini uyushtirgach, shaharni tartibsizliklar to‘lqini qamrab oladi. Jinoyatchilikka qarshi uzluksiz kurashdan holdan toygan Bryus Ueyn bir vaqtning o‘zida o‘nlab xavfli yovuzlarni to‘xtatishga urinadi. Biroq oxir-oqibat u Beyn bilan yuzma-yuz keladi. Beynning maqsadi nafaqat Betmenni mag‘lub etish, balki uni ramz sifatida ham sindirishdir.

Film qahramonlariga Jensen Ekls (Bryus Ueyn / Betmen), Deyv Bautista (Beyn), Troy Beyker (Joker), Stefani Beatriz (Selina Kayl / Mushuk-ayol) va Jankarlo Espozito (Ras al G‘ul) ovoz bergan.

Asl Batman: Knightfall komiksi 1993-yilda nashr etilgan bo‘lib, Betmen tarixidagi eng muhim voqealardan biri hisoblanadi. Aynan shu hikoyada Beyn ilk bor Qorong‘i Ritsarni mag‘lub etadi, Gotham himoyachisi vazifasi esa bir muddatga Jan-Pol Valli, ya’ni Azraelga o‘tadi.

Multfilm premyerasi kuzda boʻlib oʻtadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling