"Qasoskorlar: Intiho" ("Avengers: Endgame") filmi kinoteatrlarda qayta namoyish etiladi

E’lon qilingan sana· 222
"Qasoskorlar: Intiho" ("Avengers: Endgame") filmi kinoteatrlarda qayta namoyish etiladi

“Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon boʻylab kinoteatrlarda qayta namoyish etiladi. Bu haqda Deadline xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, film “Qasoskorlar: qayta intiho” (“Avengers: Endgame Encore”) nomi bilan chiqariladi. Takroriy premyera 25-sentyabrga belgilangan.

Filmga takroriy prokat uchun maxsus kirish qismi va qo‘shimcha yangi kadrlar qo‘shiladi. Infinity Vision va IMAX formatlarida tomosha qilganda, tomoshabinlar titrlardan keyin yangi sahnani ham koʻrishi mumkin boʻladi.

“Qasoskorlar: Intiho” — Marvel studiyasining 2019-yilda chiqarilgan blokbasteri bo‘lib, franshizaning ungacha ishlangan 22 ta filmining cho‘qqisi hisoblanadi. Syujetga ko‘ra, Tanos koinotdagi barcha tirik mavjudotlarning yarmini yo‘q qilib yuborgan, super qahramonlar esa dunyoni qutqarish uchun vaqt bo‘ylab sayohat qilishi kerak.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling