"Maykl" kassada eng koʻp daromad topgan biografik filmga aylandi

E’lon qilingan sana· 84
"Maykl" kassada eng koʻp daromad topgan biografik filmga aylandi

Pop qiroli Maykl Jekson haqidagi “Maykl” filmi kassa boʻyicha tarixdagi eng serdaromad bayopikka aylandi. Bu haqda Variety xabar berdi.

Aprel oyi oxirida premyera qilingan film jahon prokatida 977 million dollar yig‘di. U Kristofer Nolanning “Oppenheimer” filmini ortda qoldirib, 975 million dollar ishlab topdi. Avvalroq “Maykl” 2018-yildagi “Bohemian Rhapsody"ni (911 million dollar) ortda qoldirib, eng yuqori daromad keltirgan musiqiy bayopikka aylangan edi.

Filmda Maykl Jeksonning bolaligi va dunyoga mashhur bo‘lish yo‘li haqida hikoya qilinadi. Filmda san’atkorning otasi, prodyuserlar va musiqiy leybllar bilan murakkab munosabatlari, shuningdek, o‘z uslubini izlash, “Off the Wall” va “Thriller” albomlari, Jeksonning jonli chiqishlari va kliplari aks ettirilgan. Bosh rolni musiqachining jiyani Ja’far Jekson ijro etgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling