"Cyberpunk: Edgerunners" animesining ikkinchi mavsumi ilk tizeri taqdim etildi

E’lon qilingan sana· 317
"Cyberpunk: Edgerunners" animesining ikkinchi mavsumi ilk tizeri taqdim etildi

Netflix, CD PROJEKT RED va TRIGGER studiyasi “Cyberpunk: Edgerunners” animesining ikkinchi mavsumi uchun ilk tizerni namoyish etdi.

10 qismdan iborat yangi mavsum Nayt-Sitidagi qasos va tavba mavzusiga bag‘ishlanadi. Hikoya o‘z ta’sirini yo‘qotgan afsonaviy edjraner Uik Kingsli, klanining qirg‘in qilinishi uchun qasos olishni istayotgan netranner Di, faoliyatini endi boshlayotgan hujjatli film yaratuvchisi Roman Karaks hamda megakorporatsiyalarning xavfli sirlariga aloqador sobiq korporatsiya xodimi Taliya Yang atrofida kechadi.

Davomiy mavsumga birinchi mavsum ustida ham ishlagan Kay Ikarasi rejissyorlik qilmoqda. Ssenariy muallifi va shouranner sifatida yana Bartosh Shtibor ishtirok etmoqda. Loyihani avvalgidek Yaponiyaning TRIGGER studiyasi va CD PROJEKT RED hamkorlikda ishlab chiqmoqda.

Premyera 2026-yil kuzida Netflix platformasida bo‘lib o‘tadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling