Metacritic 2026-yilning birinchi yarmida chiqarilgan eng yaxshi seriallarni e’lon qildi

Metacritic portali 2026-yil yanvardan iyungacha premyera qilingan eng yaxshi yangi seriallar reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatga faqat kamida yettita professional taqriz to‘plagan loyihalar kiritilgan. Reyting dunyoning yetakchi kino tanqidchilarining o‘rtacha bahosi — Metascore asosida tuzilgan.
Yilning birinchi yarmidagi eng yaxshi yangi serial Riz Ahmad bosh rolni ijro etgan Britaniyaning “Bait” dramasi bo‘ldi. U 100 balldan 85 ball toʻplagan. Syujetga ko‘ra, yangi britaniya-pokistonlik aktyor Jeyms Bond rolini olishi mumkinligini bilib qoladi, shundan so‘ng uning hayoti tezda o‘zgara boshlaydi. Serial Amazon Prime Video platformasida chiqqan va ssenariy, hazillar hamda aktyorlar ijrosi uchun yuqori baholarga sazovor bo‘lgan.
Ikkinchi o‘rinni “Mel Brooks: The 99 Year Old Man!” (84 ball) ikki qismli hujjatli filmi, uchinchi oʻrinni esa “Lord of the Flies"ning yangi ekranizatsiyasi (83 ball) egalladi.
Metacritic ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmidagi eng yaxshi 20 ta yangi serial:
- “Bait” — 85;
- “Mel Brooks: The 99 Year Old Man!” — 84;
- “Lord of the Flies” — 83;
- “Riot Women” — 83;
- “The Muppet Show” — 81;
- “Star City” — 80;
- “The Other Bennet Sister” — 80;
- “How to Get to Heaven from Belfast” — 79;
- “Margoʻs Got Money Troubles” — 79;
- “Widow's Bay” — 78;
- “Bookish” — 78;
- “Sunny Nights” — 77;
- “Ponies” — 76;
- “The Fall and Rise of Reggie Dinkins” — 76;
- “Legends” — 76;
- “Wonder Man” — 75;
- “Star Wars: Maul — Shadow Lord” — 75;
- “A Knight of the Seven Kingdoms” — 75;
- “The Listeners” — 73;
- “Scrubs” — 73.