Timoti Shalame va Selena Gomez ovoz bergan "Not Alone" multfilmining ilk tizer-treyleri e'lon qilindi

Ilmiy-fantastik romantik komediya janridagi multfilmning bosh qahramonlariga Timoti Shalame va Selena Gomes ovoz bergan.
Illumination va Universal Pictures original “Not Alone” animatsion filmining ilk tizer-treylerini taqdim etdi. Multfilmning bosh qahramonlariga Timoti Shalame va Selena Gomes ovoz bergan.
Jo (Timoti Shalame) — yolg‘izlikni afzal ko‘radigan, raketalar bilan shug‘ullanuvchi mexanik. Fren (Selena Gomes) esa o‘simlik yoqilg‘isida ishlaydigan dunyodagi ilk raketani yaratgan iste’dodli astrobotanik hisoblanadi. Raketani uchirishga tayyorgarlik jarayonida ular o‘rtasida romantik tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Biroq Joning uyida kosmik politsiyadan yashirinayotgan uch nafar yoqimtoy o‘zga sayyoralik paydo bo‘lgach, ularning munosabatlari sinovga duch keladi. Fren yaratgan raketa esa mehmonlar uchun uyiga qaytishning yagona imkoniyatiga aylanishi mumkin.
Shuningdek, multfilm qahramonlariga Brett Goldstin, Rob Braydon, Dayan Morgan, Jeymi Demetriu, Ellison Jenni va Lamorn Morris ham ovoz bergan. Bu loyiha Timoti Shalame faoliyatidagi ilk to‘liq metrajli animatsion film bo‘ldi. Multfilmga Erik Giyon (“Yaxshi boʻlish osonmi 3”), Kler Dodjson (“Minyonlar”) va Jonatan del Val (“Uy hayvonlarining sirli hayoti 2”) rejissyorlik qilgan.
Multfilm premyerasi 2027-yil 16-aprelda boʻlib oʻtadi.