Kristofer Nolanning "Odisseya" filmining soʻnggi treyleri e'lon qilindi

Yakuniy treylerda asosiy e’tibor keng ko‘lamli jang sahnalari, qadimgi yunon mifologiyasidagi afsonaviy mavjudotlar hamda Troya urushidan so‘ng Odisseyning uyiga qaytish yo‘lidagi hissiyotlarga boy sarguzashtiga qaratilgan.
Universal Pictures Kristofer Nolan rejissyorligidagi yangi “Odisseya” epik filmning yakuniy treylerini taqdim etdi.
Film yunonlarning Troya ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng o‘z vatani Itakaga, oilasi bag‘riga qaytishga urinayotgan shoh Odisseyning o‘n yil davom etgan sarguzashtini hikoya qiladi. Uning yo‘lida Siklop Polifem, sirenalar, nimfa Kalipso, Poseydon va qadimgi yunon mifologiyasining boshqa qahramonlari uchraydi.
Filmda Mett Deymon (Odissey), Tom Holland (Telemax), Enn Xeteuey (Penelopa), Zendaya (Afina), Robert Pattinson (Antinoy), Sharliz Teron (Sirse), Lupita Niongo (Klitemnestra), Jon Bernthal (Menelay), Benni Safdi (Agamemnon), Mia Got (Melanfo), shuningdek Elliot Peyj, Kori Hokins, Jon Leguizamo, Himesh Patel, Uill Yun Li va Kozmo Jarvis ham rol ijro etgan.