"Moana" multfilmi uchinchi qismining ishlab chiqarish jarayoni boshlanadi

E’lon qilingan sana· 81
"Moana" multfilmi uchinchi qismining ishlab chiqarish jarayoni boshlanadi

“Moana 3” multfilmini ishlab chiqarish jarayoni boshlandi. Ssenariyni Dana Ledu Miller va Jared Bush yozmoqda, ular multfilmning ikkinchi qismi ustida ham birgalikda ishlagan. Syujet tafsilotlari esa hozircha e’lon qilingan.

Ma’lumot uchun, “Moana"ning birinchi qismi 2016-yilda chiqarilgan. Unda o‘z xalqi va butun dunyoni qadimiy la’natdan qutqarish uchun xavfli dengiz sayohatiga otlangan polineziyalik qabila boshlig‘ining jasur qizi haqida hikoya qilinadi.

Ikkinchi qism 2024-yilda chiqarilgan. Hikoya davomida voyaga yetgan qahramon Okeaniyaning bo‘lingan qabilalarini birlashtirish uchun yangi sayohatga otlanadi.

10-iyul kuni “Moana” multfilmining kino remeyki premyera qilindi. Filmda bosh rolni 17 yoshli debyutant Ketrin Lagaya ijro etgan. Kinokartina voqealari 2000 yil oldin Tinch okeani orollarida sodir bo‘ladi. Bosh qahramon, 14 yoshli malika Moana Vayaliki o‘z oilasini qutqarish uchun afsonaviy orolni izlashga otlanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling