“Yulduzlar jangi” olamidagi birinchi anime: “To‘qqizinchi jeday” serialining treyleri chiqdi

E’lon qilingan sana· 46
“Yulduzlar jangi” olamidagi birinchi anime: “To‘qqizinchi jeday” serialining treyleri chiqdi

Hulu striming xizmati “Yulduzlar jangi: Nigohlar — To‘qqizinchi jeday” animatsion mini-serialining debyut treylerini taqdim etdi. Premyera 5-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

“To‘qqizinchi jeday” voqealari ilk bor 2021-yilda namoyish etilgan “Yulduzlar jangi: Nigohlar” serialining birinchi mavsumida tanishtirilgan. Bosh qahramon Kara otasini topishga va jeday ovchilari ta’qibidan qutulishga harakat qiladi.

Loyiha ustida Lucasfilm va Production I.G. studiyalari ishlagan. “To‘qqizinchi jeday” “Yulduzlar jangi” franshizasidagi birinchi anime hisoblanadi. Birinchi mavsum sakkizta qismdan iborat bo‘ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling