Denis Villnyovning uchinchi “Dyuna” filmi yangi treyleri e’lon qilindi

Warner Bros. Denis Villnyovning fantastik trilogiyasi yakuni bo‘ladigan “Dune: Part Three"ning yangi treylerini taqdim etdi.
Voqealar ikkinchi qism yakunidan o‘n ikki yil o‘tib sodir bo‘ladi. Imperator Pol Atreides butun galaktikani qamrab olgan o‘zining muqaddas urushi oqibatlarini yengishga harakat qilmoqda. Milliardlab odamlar uning kulti yo‘lida halok bo‘layotgan bir paytda, Pol o‘zi bashorat qilgan kelajakni o‘zgartirish yo‘lini izlamoqda.
Filmda Timoti Shalame (Pol Atreides), Zendeya (Chani), Florens Pyu (malika Irulan), Robert Pattinson (Skitayl), Jeyson Momoa (Dunkan Aydaxo), Rebekka Fergyuson (ledi Jessika), Anya Teylor-Joy (Aliya Atreides), Xavyer Bardem (Stilgar), Josh Brolin (Gurni Hallek), Sharlotta Rempling (Gayus Xelen Moxiam) va Isaak de Bankole (Tufir Xavat) rol o‘ynagan.
“Dune: Part Three” Denis Villnyovning Frenk Gerbert olami bo‘yicha so‘nggi filmi bo‘ladi. Avvalroq rejissyor “Dune Messiah” ekranizatsiyasini Pol Atreides hikoyasining mantiqiy yakuni deb bilishini va turkumning keyingi romanlarini ekranlashtirishni rejalashtirmayotganini aytgan edi.
Film 18-dekabr kuni butun dunyo bo‘ylab namoyish etiladi.