Netflix “Jentlmenlar” serialining ikkinchi mavsumi uchun ilk tizerni taqdim etdi

Netflix 2019-yilgi shu nomdagi film asosida Gay Richi tomonidan yaratilgan “Jentlmenlar” kriminal serialining ikkinchi mavsumi uchun ilk tizerni e’lon qildi. Striming xizmati premyera 3-sentyabrda bo‘lishini ham tasdiqladi.
Ikkinchi mavsumda Teo Jeyms, Kaya Skodelario, Deniel Ings, Jankarlo Espozito, Rey Uinston va boshqa aktyorlar o‘z rollariga qaytadi. Dastlabki kadrlarga ko‘ra, Eddi Xorniman Britaniya jinoyat olamidagi mavqeini mustahkamlashda davom etadi, jinoiy klanlar o‘rtasidagi qarama-qarshilikda esa xavf yanada ortadi.
“Jentlmenlar” serialining birinchi mavsumi 2024-yil bahorida namoyish etilgan va tezda Netflix’ning ingliz tilidagi eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biriga aylanib, yangi mavsum uchun tasdiq olgan. Serial Gay Richining o‘ziga xos uslubini — qora yumor, dinamik ekshn va murakkab kriminal syujetlar uyg‘unligini saqlab qolgan.