Gay Richining “Gangsterlend” seriali ikkinchi mavsumi tizeri e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 698
Gay Richining “Gangsterlend” seriali ikkinchi mavsumi tizeri e’lon qilindi

Paramount+ Gay Richining “Gangsterlend” kriminal dramasining ikkinchi mavsumi uchun birinchi tizerni taqdim etdi.

Rasmiy sinopsisga ko‘ra, Harriganlar o‘z jinoiy imperiyasi yangi dushmanlar bosimi ostida yemirilib borayotgan bir paytda birdamlikni saqlab qolishga harakat qiladi. Tajribali “muammolarni hal qiluvchi” Garri Da Souza qarama-qarshi tomonlar o‘rtasida qoladi va oila ichida haqiqiy urush boshlanayotgan bir vaqtda muvozanatni saqlashga majbur bo‘ladi.

Serialda Tom Xardi (Garri Da Souza), Pirs Brosnan (Konrad Harrigan), Xelen Mirren (Meyv Harrigan), Peddi Konsidayn (Kevin Harrigan), Joann Froggatt (Jen Da Souza), Lara Pulver (Bella Harrigan), Enson Bun (Eddi Harrigan), Janet MakTir (Ket Makallister), Tobi Jons (Kolin Tattersoll) va Aleks Fayn (Donni) rol o‘ynagan.

“Gangsterlend"ning birinchi mavsumi Paramount+ tarixidagi eng muvaffaqiyatli startlardan biri bo‘lib, premyeradan keyingi dastlabki haftalarda 10 millionga yaqin tomoshabin yig‘di va tez orada ikkinchi mavsum uchun uzaytirildi.

Serialning davomi 18-sentyabr kuni chiqadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling