O‘zbek filmlari Polsha telekanalida namoyish etiladi

E’lon qilingan sana· 98
O‘zbek filmlari Polsha telekanalida namoyish etiladi

Polshaning TVT telekanali o‘zbek filmlari va seriallarini efirga uzatadi. O‘zbekiston diplomatlari telekanal direktori Roman Olma bilan o‘tkazilgan uchrashuvda bu bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Loyiha doirasida dastlab 10 ta badiiy film va 10 ta serial polyak tiliga tarjima qilinib, ovozlashtiriladi va Polshada namoyish etiladi. Filmlar orasidan “Yakshanba”, “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i”, “Issiq non”, “Omad”, “Ilhaq”, “Mendirman Jaloliddin”, “Baron”, “Abdullajon”, “Mahallada duv-duv gap” hamda “Shum bola” o‘rin olgan.

Shuningdek, “Sabr”, “Ko‘cha”, “Zebo”, “Ona”, “Yulduzlar mangu yonadi”, “Sariq devni minib”, “Qodirxon”, “Sinchkov”, “Yashirin hovli” va “Alvido” seriallarini ham polyak tomoshabinlariga taqdim etish rejalashtirilmoqda.

TVT telekanali o‘zbek kino mahsulotlarini polyak tiliga tarjima qilish, diktorlik matnlarini tayyorlash va ovoz yozish bilan bog‘liq texnik xarajatlarni o‘z zimmasiga olishga tayyorligini bildirgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling