“Hotel Transylvania” multfilmining 5-qismi suratga olinadi

E’lon qilingan sana· 203
“Hotel Transylvania” multfilmining 5-qismi suratga olinadi

Sony va Amazon MGM “Hotel Transylvania” (“Maxluqlar ta’tilda”) animatsion franshizasining beshinchi qismi suratga olinishini e’lon qildi. Premyera 2027-yil 8-oktyabrga rejalashtirilgan.

Yangi multfilm “The Haunting of Hotel Transylvania” deb nomlanadi. Drakula va uning qizi Meybel boshchiligidagi qahramonlar “Transilvaniya” mehmonxonasining sirini ochishi hamda mehmonlarga hujum qilayotgan o‘tmish arvohlari kimligini aniqlashi kerak bo‘ladi.

Rejissyorlar sifatida “Hotel Transylvania: Transformaniya” filmini suratga olgan Jennifer Kluska va Alan Xokins ish olib boradi.

Franshiza 2012-yilda boshlangan bo‘lib, shundan buyon jahon prokatida 1,38 milliard dollar yig‘gan. Bosh qahramonlarga Adam Sendler, Selena Gomes va Endi Semberg ovoz bergan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling