Anjelina Joli suratga olgan "Without Blood" filmining premyera sanasi ma'lum boʻldi

E’lon qilingan sana· 274
Anjelina Joli suratga olgan "Without Blood" filmining premyera sanasi ma'lum boʻldi

Anjelina Jolining rejissyorlik ishi boʻlgan “Without Blood” filmining premyera sanasi ma’lum boʻldi. Bosh rollarni Salma Xayek va Demian Bichir ijro etgan film 18-sentyabr kuni AQSh kinoteatrlarida namoyish etiladi. Bu haqda Variety xabar berdi.

Filmning jahon premyerasi 2024-yil sentyabr oyida Toronto xalqaro kinofestivalida bo‘lib o‘tgandi. Film italyan yozuvchisi Alessandro Barikkoning xuddi shu nomdagi romani asosida suratga olingan. Joli ssenariyni kitob muallifining o‘zi bilan birga yozgan.

Jolining so‘zlariga ko‘ra, film “jarohat, xotira va shifo haqidagi universal haqiqatlar"ga murojaat qiladi. Rejissyor, shuningdek, Salma Xayek va Demian Bichirning ijrosi tomoshabinlarga Barikkoning romanida ko‘tarilgan mavzular haqida suhbat boshlashga yordam berishiga umid qilishini ta’kidlagan.

Xayekning o‘zi Joli bilan ishlashni katta tajriba, deb atadi. Aktrisaning ta’kidlashicha, film boshdan kechirilgan jarohatlar insonni qanday shakllantirishi va oldinga intilish uchun qancha kuch talab etilishi haqida hikoya qiladi.

Anjelina Joli uchun “Without Blood” kinokartinasi “A Place In Time”, “In the Land of Blood and Honey”, “Unbroken”, “By the Sea” va “First They Killed My Father” filmlaridan keyin oltinchi rejissyorlik ishi bo‘ldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling