“Begemot!” dramasining ilk tizeri e’lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 76

Searchlight Pictures “Maykl Kleyton” va “Andor” seriali muallifi Toni Gilroyning yangi dramasi — “Begemot!” filmining ilk tizerini taqdim etdi.
Syujetga ko‘ra, iste’dodli violonchel chaluvchi Aleks Serian yigirma yillik gastrol safarlaridan so‘ng Los-Anjelesga qaytadi. Butun umri davomida unga hamroh bo‘lgan musiqa qahramonni o‘z o‘tmishi, oilasi va dunyodagi o‘rni haqida qayta o‘ylashga majbur qiladigan hissiy sayohatning boshlanishiga aylanadi.
Bosh rolni Pedro Paskal (“Last of us”, “Fantastik to‘rtlik: Ilk qadamlar”) ijro etgan. Filmda, shuningdek, Oliviya Uayld, Yeva Viktor, Uill Arnett, Aleksa Suinton, Margarita Leviyeva, Metyu Lillard va Erik Griffin ham rol o‘ynagan.
Filmning jahon premyerasi 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.