Tom Kruz bosh rolni ijro etgan “Digger” filmining ilk treyleri e’lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 108

Warner Bros. “Birdman” va “Omon qolgan” filmlari rejissyori Alexandro Gonsales Inyarrituning yangi qora komediyasi — “Digger” filmining ilk to‘liq treylerini taqdim etdi.
Syujetga ko‘ra, sayyoradagi eng qudratli inson va neft magnati Digger Rokvell global ekologik falokatga sababchi bo‘ladi. Endi u o‘z harakatlarining oqibatlarini yo‘q qilishidan oldin butun dunyoni insoniyatni qutqarish aynan uning taqdiriga yozilganiga ishontirishga jon-jahdi bilan urinadi.
Bosh rolni Tom Kruz ijro etgan. Filmda, shuningdek, Sandra Xyuller, Jessi Plemons, Riz Ahmad, Sofi Uayld, Emma D’Arsi, Maykl Stulbarg, Jon Gudman, Robert Jon Byork va Byorn Gorman ham rol o‘ynagan.
Film 2026-yil 2-oktyabrda jahon prokatiga chiqadi.