“Meydey” komedik jangari filmining ilk treyleri e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 160
“Meydey” komedik jangari filmining ilk treyleri e’lon qilindi

Apple Original Films kompaniyasi bosh rollarni Rayan Reynolds (“Dedpul va Rosomaxa”, “Bosh qahramon”) hamda Kennet Brana (“Sharqiy ekspressdagi qotillik”, “Oppengeymer”) ijro etgan “Meydey” komedik jangari filmining ilk to‘liq treylerini taqdim etdi.

Syujetga ko‘ra, voqealar Sovuq urush avjiga chiqqan davrda kechadi. AQSH Harbiy-dengiz kuchlari leytenanti Troy “Assassin” Kelli Sovet Ittifoqi hududi ustida maxfiy topshiriqni bajarish uchun yo‘l oladi, biroq operatsiya falokat bilan yakunlanadi va uchuvchi dushman hududida qolib ketadi. Uning kutilmagan ittifoqchisiga Amerika madaniyatiga g‘alati mehr qo‘ygan sobiq KGB agenti Nikolay Ustinov aylanadi. Birgalikda qahramonlar SSSRdan chiqib ketishga urinarkan, tinimsiz otishmalar, quvuvlar va bema’ni vaziyatlar markazida qoladi.

Filmning rejissyorlari, ssenariy mualliflari va prodyuserlari “Game night” hamda “Dungeons & dragons: Honour among thieves” filmlari mualliflari Jon Frensis Deyli va Jonatan Goldshteyndir.

Premyera 4-sentyabr kuni Apple TV+ platformasida bo‘lib o‘tadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling