“Yolg‘izlikning yuz yili” serialining ikkinchi mavsumi treyleri e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 89
“Yolg‘izlikning yuz yili” serialining ikkinchi mavsumi treyleri e’lon qilindi

Netflix Gabriel Garsia Markesning “Yolg‘izlikning yuz yili” romani asosida suratga olingan serialning ikkinchi mavsumi treylerini taqdim etdi.

Yetti qismdan iborat yangi mavsum 5-avgust kuni namoyish etiladi. Ikki soatlik final epizodi esa 26-avgustda platformaga joylanadi. Syujet markazida yana avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan la’nat bilan yashayotgan Buendia oilasi bo‘ladi.

Serialda Diego Vaskes, Marleyda Soto, Karlo Katanyo va boshqa aktyorlar rol ijro etgan. Rejissyorlar — Laura Mora va Karlos Moreno. Serialning ilk mavsumi 2024-yilda premyera qilinib, tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling