“Qasoskorlar: Qiyomat kuni” filmining ilk treyleri e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 296
“Qasoskorlar: Qiyomat kuni” filmining ilk treyleri e’lon qilindi

Marvel Studios “Qasoskorlar: Qiyomat kuni” filmining ilk rasmiy treylerini taqdim etdi. Videoda Robert Dauni Jr. ilk bor Marvel kino olamining yangi bosh yovuzi — Doktor Dum obrazida namoyon bo‘ladi.

Treylerga ko‘ra, film voqealari bir vaqtning o‘zida uch xil koinot qahramonlarini birlashtiradi. Syujetda Qasoskorlar, X-Odamlar va Fantastik to‘rtlik vakillari umumiy xavfga qarshi kurashadi.

“Avengers: Doomsday” 2026-yil 18-dekabrda kinoteatrlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan. Film Marvel’ning Multiverse Saga bosqichiga yakun yasovchi eng yirik loyihalardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling