Yangi “Dedpul” filmi ustida ish boshlandi

E’lon qilingan sana· 222
Yangi “Dedpul” filmi ustida ish boshlandi

Aktyor Rayan Reynolds Fanatics Fest anjumanida “Dedpul” franshizasining to‘rtinchi filmi tayyorlanayotganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Dedpul albatta katta ekranlarga qaytadi. Reynolds yangi filmda komikslarda uchraydigan, ammo keng ommaga unchalik tanish bo‘lmagan qahramonlarga ham ko‘proq e’tibor qaratilishini aytdi.

“Dedpul"ning ilk yakkaxon filmi 2016-yilda, davomi 2018-yilda, “Dedpul va Rosomaxa” esa 2024-yilda ekranlarga chiqqan. Uchala film jami 2,9 milliard dollar kassalik daromad to‘plagan.

Shuningdek, OAVda Dedpul yaqinlashib kelayotgan “Qasoskorlar: Qiyomat kuni” filmida ham paydo bo‘lishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan. Biroq Reynolds bu loyihadagi ishtirokini hozircha rasman tasdiqlamagan. Film premyerasi 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling