Enn Heteuey ishtirokidagi “Ouk-strit chekkasida” filmining yangi treyleri e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 284
Enn Heteuey ishtirokidagi “Ouk-strit chekkasida” filmining yangi treyleri e’lon qilindi

Warner Bros. Enn Heteuey va Yuen Makgregor bosh rollarni ijro etgan fantastik horror “Ouk-strit chekkasida” filmining yangi treylerini taqdim etdi. Film premyerasi 9-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Voqealar 1980-yillarda sodir bo‘ladi. Plattlar oilasi yangi mahallaga ko‘chib o‘tadi va tez orada atrofdagi g‘alati hodisalarni payqay boshlaydi. Oradan ko‘p o‘tmay ular kutilmaganda dinozavrlar va boshqa mavjudotlar yashaydigan tarixdan oldingi davrga tushib qolganini anglaydi.

Film rejissyori — Devid Robert Mitchell (“It follows”). Kartina suratga olish ishlari 2024-yil yozida yakunlangan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling