Snoop Dogg haqidagi biografik film 2027-yil yozida ekranlarga chiqadi
E’lon qilingan sana: · 194

Universal Pictures reper Snoop Dogg hayotiga bag‘ishlangan “Snoop” biografik filmini 2027-yil 6-avgustda kinoteatrlarda namoyish etadi.
Filmda bosh rolni “Outer Banks” seriali yulduzi Jonatan Devis ijro etadi. Kartinaga “Hustle & Flow” va “Song Sung Blue” filmlari bilan tanilgan Kreyg Bryuer rejissyorlik qilmoqda.
Hozircha film syujeti tafsilotlari oshkor etilmagan. Unda Snoop Doggning butun ijodiy faoliyati yoritiladimi yoki hayotining muayyan davriga e’tibor qaratiladimi, noma’lum.
Film saundtrekidan reperning “Drop It Like It’s Hot”, “Gin and Juice”, “What's My Name?” va “Nuthin' but a ‘G' Thang” kabi mashhur qo‘shiqlari ham o‘rin oladi.