DC Studios “Clayface” filmining ilk to‘liq treylerini taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 159
DC Studios “Clayface” filmining ilk to‘liq treylerini taqdim etdi

Bu — DC’ning 18+ reytingiga ega ilk body horror filmi hisoblanadi.

DC Studios va Warner Bros. DC komikslari asosidagi yangi “Clayface” filmining ilk to‘liq treylerini e’lon qildi. Ijodkorlar filmni kattalar uchun mo‘ljallangan to‘laqonli body horror janridagi loyiha sifatida ta’riflamoqda.

Syujetga ko‘ra, Gotemning porlab kelayotgan yulduzi Mett Xeygen gangster hujumi oqibatida yuzidan og‘ir jarohat oladi. U umidsizlikda tajribaviy nanotexnologik zardobni yaratgan olima Keytlin Korrga murojaat qiladi. Biroq davolanish uni o‘z tanasi shaklini o‘zgartira oladigan dahshatli mavjudotga aylantiradi. Avvalgi hayotini qaytarishga bo‘lgan urinishlari esa haqiqiy dahshatga aylanadi.

Rollarni Tom Ris Harris (Mett Xeygen / Clayface), Naomi Aki (doktor Keytlin Korr), Maks Mingella (detektiv Jon Perlman), Eddi Marsan (Roland), Lashana Linch (Eva) va Ketrin Hanter ijro etgan.

Clayface yangi DC kinematografik olamining “Supermen” va “Supergirl"dan keyingi uchinchi to‘liq metrajli filmi bo‘ladi.

Film premyerasi 23-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling