Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (23-iyul)

Chilla tugamoqda, shahar ham biroz salqinlashadi, bu esa kinoga borish tobora yoqimliroq bo‘lishini anglatadi. Ayniqsa, yilning eng kutilgan filmlaridan biri — Nolanning “Odisseya"si ekranga chiqqan vaqtda.
Bundan tashqari, yana qaysi filmlarga e’tibor qaratish kerak? Afisha.uz quyida ma’lumot beradi.
Troya urushidan so‘ng Itaka shohi Odissey kichik qo‘shin bilan xotini Penelopaning uyiga qaytadi. Odissey o‘z yo‘lida ko‘plab sinovlarga, sikloplar, sirenalar va odamxo‘r devlarga duch keladi.
1967-yil 12-avgust oqshomi, Montanadagi Gleysher milliy bog‘i. Bir guruh doʻstlar dam olish kunlarini shovqin-surondan uzoqda o‘tkazish uchun tabiat qo‘yniga yo‘l oladi. Ular tasodifan ulkan grizli ayig‘ining hududiga kirib qolgan vaqtda, dam olish jon saqlash uchun kurashga aylanadi.
Laylo va uning do‘stlari Abdulla, Oysha va Xolid tasodifan vaqt mashinasidan foydalanish huquqiga ega bo‘lib, o‘tmishga sayohat qiladi. Ular Buyuk Ipak yo‘liga kelib qoladi va o‘sha davrning taniqli olimlariga tahdid solayotgan xavfli raqibga duch keladi. Endi bolalar uning rejalariga to‘sqinlik qilishi, tarixning borishini saqlab qolishi va uyga qaytish yo‘lini topishi kerak.
Xavfli operatsiyalarga ixtisoslashgan “Alfa” dasturining ikki ayol agenti global falokat tahdidiga duch keladi. Ularga dunyoni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan terroristik tashkilot yetakchisining nishoni ostida bo‘lgan bosh vazirning xavfsizligini ta’minlash topshirilgan.