Jonni Depp ishtirokidagi “Ebenezer” filmining ilk treyleri e’lon qilindi

Paramount Pictures Charlz Dikkensning mashhur “A Christmas Carol” asari asosida suratga olingan “Ebenezer” filmining ilk treylerini taqdim etdi.
Filmda bosh qahramon Ebenezer Skruj obrazini Jonni Depp gavdalantirgan. Syujet klassik Rojdestvo hikoyasining qorong‘i talqini bo‘lib, treylerda Skrujni Rojdestvo ruhlari ta’qib qilayotgani va u qorli ko‘chalarda yo‘lovchilarga qor bo‘laklarini otib yurgani aks etadi.
“Ebenezer” Jonni Deppning 2022-yildagi sud jarayonidan keyingi ilk yirik Gollivud loyihasi bo‘ldi. Filmga “Pearl” va “MaXXXine” kartinalari bilan tanilgan Ti Uest rejissyorlik qilgan. Kartinada, shuningdek, Andrea Rayzboro, Tremell Tillman, Ian Makkellen, Rupert Grint va Deyzi Ridli ham rol ijro etgan.
Film premyerasi 13-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.