Yangi “Resident Evil” filmining to‘liq treyleri e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 508
Yangi “Resident Evil” filmining to‘liq treyleri e’lon qilindi

Filmga “Varvar” va “Qurollar” filmlari bilan tanilgan Zak Kregger ham rejissyorlik, ham ssenariynavislik qilgan.

Sony Pictures studiyasi Capcom o‘yinlari asosida yaratilgan mashhur dahshat franshizasining yangi qayta talqini — “Resident Evil” filmining ilk to‘liq treylerini taqdim etdi.

Syujetga ko‘ra, tibbiy kuryer Brayan muhim yukni olisdagi shifoxonaga yetkazish uchun yo‘lga chiqadi. Biroq Rakun-Sitida halokatli virus tarqalishi boshlangach, oddiy yetkazib berish vazifasi omon qolish uchun kurashga aylanadi. Hikoya Resident Evil 2 voqealari bilan parallel ravishda rivojlanadi va seriyaning ilk o‘yinlaridan ilhomlangan mutlaqo original syujetni taqdim etadi.

Filmga “Varvar” va “Qurollar” filmlari bilan tanilgan Zak Kregger ham rejissyorlik, ham ssenariynavislik qilgan. Kartinada Ostin Abrams (Brayan), Zak Cherri (Deyv), Kali Reys (Polin), Pol Uolter Hauzer (Karl) va Jonno Uilson (Maks) rollarni ijro etgan.

Filmning jahon premyerasi 18-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling