“Super oila 3” multfilmi haqida ilk tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

E’lon qilingan sana· 477
“Super oila 3” multfilmi haqida ilk tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

“Super oila” (“The Incredibles”) franshizasi muallifi Bred Berd uchinchi film rejalari haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, yangi qism voqealarida katta vaqt sakrashi bo‘lmaydi.

Rejissyorning fikricha, Parr oilasi qahramonlarini ulg‘aytirish franshiza uchun to‘g‘ri yechim emas. Unga ko‘ra, har bir qahramon muayyan hayot bosqichini ifodalaydi: Janob Ajoyib o‘rta yosh inqirozini, Elastika oila va karyera o‘rtasidagi muvozanatni, Vayolet o‘smirlik kechinmalarini, Desh bolalikdagi cheksiz energiyani, Jek-Jek esa ilk yoshdagi kutilmagan holatlarni aks ettiradi.

Bred Berdning ta’kidlashicha, qahramonlarning shunchaki ulg‘ayishi ularni avtomatik ravishda yanada qiziqarli yoki zamonaviy qilib qo‘ymaydi. Hikoyaning kuchi aynan tomoshabinga tanish oilaviy obrazlarda mujassam.

Hozirda Pixar studiyasi “Super oila 3” filmini ishlab chiqmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling