“Kerri” mini-serialining ilk tizeri e’lon qilindi

Bu Stiven Kingning shu nomdagi romani asosida suratga olingan tarixdagi ilk serial ekranizatsiyasidir.
Prime Video Stiven Kingning mashhur “Kerri” romani asosida yaratilgan mini-serialning ilk tizerini taqdim etdi.
Syujet markazida otasi vafotidan so‘ng ilk bor oddiy o‘rta maktabga qatnay boshlagan tortinchoq o‘smir qiz Kerri Uayt turadi. Maktabda u tengdoshlarining shafqatsiz ta’qibiga duch keladi, ijtimoiy tarmoqlar esa bu bosimni yanada kuchaytiradi. Shu bilan birga, qizda sirli telekinetik qobiliyatlar namoyon bo‘la boshlaydi.
Loyihaning shouranneri, ssenariynavisi va barcha sakkiz epizod rejissyori “Hill House sharpasi”, “Yarim tun ibodati” hamda “Asherlar uyi qulashi” seriallari bilan tanilgan Mayk Flanagan bo‘ldi.
Mini-serialning barcha sakkiz qismi 7-oktabr kuni tomoshabinlarga taqdim etiladi.