Rayan Gosling Marvel kino olamida “Ghost rider” rolini ijro etadi

E’lon qilingan sana· 64
Rayan Gosling Marvel kino olamida “Ghost rider” rolini ijro etadi

Film rejissyori “Dedpul va Rosomaxa” hamda “Bosh qahramon” filmlari bilan tanilgan Shon Levi bo‘ladi.

Marvel Studios San Diego Comic-Con tadbirida Rayan Gosling yangi “Ghost rider” filmida bosh qahramon rolini ijro etishini rasman tasdiqladi. Shu bilan birga, loyiha rejissyori etib Shon Levi tayinlangani ham e’lon qilindi.

Taqdimot davomida Gosling ushbu qahramonni gavdalantirishni uzoq yillardan beri orzu qilib kelganini aytdi. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, “Ghost rider” Marvel olamidagi uning eng sevimli qahramonlaridan biri bo‘lib, u kinematografik olamga qo‘shilish imkoniyatini uzoq kutgan. Shon Levining ta’kidlashicha, ular yaqinlashib kelayotgan “Yulduzli qiruvchi” filmi ustida birgalikda ishlaganidan so‘ng Gosling aynan shu rol uchun eng munosib nomzod ekaniga ishonch hosil qilgan.

Film premyerasi 2028-yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling