Sharof Rashidov haqidagi "Davr qahramoni" hujjatli filmining yopiq namoyishi boʻlib oʻtdi. Foto

22-iyul kuni Cinematica kinoteatrida Sharof Rashidov hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan “Davr qahramoni” hujjatli filmining yopiq premyerasi boʻlib oʻtdi.
Filmda uning merosi butun bir avlodning fan, san’at, kosmik tadqiqotlar va boshqa sohalardagi yutuqlari nuqtai nazaridan oʻrganiladi. Suratga olish ishlarida yetakchi tarixchilar, ushbu voqealarning guvohlari va Sharof Rashidovning oila a’zolari ishtirok etgan. Premyerada tarixchilar, san’atshunoslar, madaniyat arboblari va siyosatchilar ishtirok etdi.
“Davr qahramoni” filmi Orol fojiasi, sovet qo‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishi va “paxta ishi” kabi mavzularni ham koʻtaradi. Ta’kidlanishicha, kinokartinani ishlab chiqarish 6 yil davom etgan. Suratga olish ishlari O‘zbekiston, Belarus Respublikasi va Rossiyada olib borilgan.