Krishtianu Ronaldu futbol haqidagi serialda suratga tushishi mumkin

E’lon qilingan sana· 91
Krishtianu Ronaldu futbol haqidagi serialda suratga tushishi mumkin

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu aktyor sifatidagi debyutini qilishi mumkin. Bu haqda Britaniyaning The Sun nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi Mettyu Von (“Kingsman”, “Kick-Ass”) suratga olayotgan Day 1s (“Birinchi kun”) sport dramasida epizodik rol ijro etadi.

Serialning asosiy qahramoni futbol agenti Stenli Dalton bo‘lib, uni “Homeland” seriali yulduzi Demian Lyuis gavdalantiradi.

Shuningdek, loyihada fransiyalik sobiq futbolchi Tyerri Anri va britaniyalik reper Dave ham ishtirok etishi aytilmoqda.

Serial suratga olish ishlari allaqachon Londonda boshlangan. Premyera sanasi esa keyinroq e’lon qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling