“Maktab” serialining 3-mavsumi suratga olinadi
E’lon qilingan sana: · 37

“Maktab” seriali ijodkorlari loyihaning 3-mavsumi suratga olinishini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan yangi qahramonlar uchun kasting e’lon qilindi.
Ijodkorlarning aytishicha, serialning hozirgi aktyorlari ulg‘aygani sababli yangi mavsum uchun 18−22 yosh oralig‘idagi yigit va qizlar saralanadi. Nomzodlar O‘zbekistonning istalgan hududidan ishtirok etishi mumkin.
Kastingda qatnashish uchun Instagram’da e’lon qilingan video izohiga “Maktab” deb yozish kifoya. Shundan so‘ng ishtirokchilarga barcha kerakli ma’lumotlar yuboriladi.
Mualliflar kasting mutlaqo bepul ekanini ta’kidladi. Serialda rol olgan ishtirokchilarga gonorar to‘lanadi.