A24 “Onslaught” filmining yangi treylerini e’lon qildi

E’lon qilingan sana: · 125
A24 “Onslaught” filmining yangi treylerini e’lon qildi

A24 studiyasi “Onslaught” fantastik jangari filmining yangi treylerini taqdim etdi.

Syujetga ko‘ra, kelajakda AQSH hukumati ommaviy qotilliklar uchun mo‘ljallangan universal robot-askarlarni yaratadi. Yolg‘iz ona Selesta (Adria Arjona) qizini himoya qilish uchun robotlarga qarshi tengsiz jangga kirishadi.

Film rejissori va ssenariy muallifi — Adam Vingard (“Godzilla Kongga qarshi”). Kartinada, shuningdek, Den Stivens, Rebekka Xoll va Dryu Starki ham rol ijro etgan.

Film kinoteatrlarda 4-sentabrdan namoyish etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling