Tanqidchilar “O‘rgimchak odam: yangi kun” filmini yuqori baholamoqda

Tarmoqlarda Sony Pictures va Marvel Studios’ning “O‘rgimchak odam: yangi kun” (Spider-Man: Brand New Day) filmi yuzasidan G‘arb kino tanqidchilarining dastlabki taqrizlari e’lon qilindi.
Tom Holland ishtirokidagi Piter Parker haqidagi to‘rtinchi film Rotten Tomatoes saytida 90 foiz, Metacritic platformasida esa 100 balldan 70 ball to‘pladi.
Ko‘plab tanqidchilar kartinani “O‘rgimchak odam haqidagi eng yaxshi film”, “haqiqiy triumf” va “hayajonli tomosha” deya e’tirof etgan. Biroq ayrim sharhlovchilar filmni “zerikarli” va “charchatadigan” davomiy qism sifatida baholagan.
Syujetga ko‘ra, Piter Parker superqahramon ekanini hech kim eslamagani sabab Nyu-Yorkni yashirin ravishda himoya qilishga majbur bo‘ladi. Oradan ko‘p o‘tmay yangi va qudratli dushmanning paydo bo‘lishi voqealarni kutilmagan tomonga buradi.
Filmda Tom Holland bilan birga Zendaya, Sedi Sink, Jon Bernthal, Mark Ruffalo va boshqa aktyorlar rol ijro etgan. Rejissyor sifatida esa “Shan-Chi va o‘nta uzuk afsonasi” filmi bilan tanilgan Destin Deniyel Kretton ishlagan.
“O‘rgimchak odam: yangi kun” filmining jahon premyerasi bo‘lib o‘tdi
Los-Anjelesda Sony va Marvel studiyalarining “O‘rgimchak odam: yangi kun” filmining ilk ommaviy namoyishi bo‘lib o‘tdi.