Anons

Gyote-Institutida kino namoyishi

E’lon qilingan sana· 291
Gyote-Institutida kino namoyishi

Gyote-Instituti kutubxonasida kino oqshomi bo‘lib o‘tadi. Unda “Hayot shu onda. The Real Life Guys” (2024) filmi namoyish etiladi.

Film egizak aka-uka Filipp va Yoxannes Mikenbekerning haqiqiy hayotiy voqealariga asoslangan. Ular singlisi bilan birgalikda YouTube kanalini ochib, qisqa vaqt ichida mashhurlikka erishadi. Biroq og‘ir kasallik ularning hayotini o‘zgartirib, birga o‘tkazgan vaqtga boshqacha nazar bilan qarashga majbur qiladi.

Film nemis tilida ruscha subtitrlar bilan namoyish etiladi.

Kirish bepul.

Ma’lumot uchun telefon: (+998) 78−140−1470.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling