Josh Hartnett ishtirokidagi “Below” horror serialining ilk treyleri e’lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 196

Netflix “Tubanlik” (Below) nomli yangi Kanada mini-serialining ilk treylerini taqdim etdi. Bosh rolni Josh Hartnett ijro etgan loyiha 8-oktabr kuni platformada namoyish etiladi.
Syujetga ko‘ra, Nyufaundlend orolidagi kichik shaharcha aholisi dengiz maxluqi tahdidi ostida yashaydi. Mahalliy baliqchi oila a’zolari va qishloq aholisini himoya qilish uchun xavfli kurashga kirishadi.
Serialda, shuningdek, Makkenzi Devis (“Qora ko‘zgu”), Charli Xiton (“G‘aroyib hodisalar”) va boshqa aktyorlar rol ijro etgan.
Loyiha shouranneri Jessi MakKiuon (“Ambrella akademiyasi”) hisoblanadi. “Tubanlik” serialining jahon premyerasi sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan Toronto xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.