“Jumanji: Ochiq dunyo” filmining ilk treyleri taqdim etildi

E’lon qilingan sana· 171
“Jumanji: Ochiq dunyo” filmining ilk treyleri taqdim etildi

Sony Pictures “Jumanji: Ochiq dunyo” (Jumanji: Open World) filmining ilk treylerini e’lon qildi. Franshizaning uchinchi filmi kinoteatrlarda 25-dekabrdan namoyish etiladi.

Kartinada Dueyn Jonson, Kevin Hart, Jek Blek, Karen Gillan, Aleks Vulf, Denni DeVito, Akvafina va boshqa aktyorlar o‘z rollariga qaytgan.

Yangi film voqealarida qahramonlar o‘yin ichidagi junglidan chiqishga muvaffaq bo‘ladi. Biroq bu safar “Jumanji” ularni real dunyoda ham ta’qib qilishda davom etadi.

Ilk “Jumanji” filmi Robin Uilyams va Kirsten Danst ishtirokida 1995-yilda ekranlarga chiqqan. Franshizaning qayta ishlangan talqini 2017-yilda, uning davomi esa 2019-yilda namoyish etilgan. Ikki film birgalikda jahon prokatida 1,7 milliard dollar kassa yig‘imini qayd etgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling