“Ted Lasso” serialining yangi mavsumi treyleri taqdim etildi

E’lon qilingan sana· 224
“Ted Lasso” serialining yangi mavsumi treyleri taqdim etildi

Apple TV+ sport komediyasi janridagi “Ted Lasso” serialining to‘rtinchi mavsumi uchun rasmiy treylerni e’lon qildi. Yangi mavsum premyerasi 5-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangi mavsum voqealariga ko‘ra, bosh qahramon Ted Lasso (Jeyson Sudeykis) endi Richmonddagi ayollar futbol jamoasiga murabbiylik qiladi.

Serialda, shuningdek, Hanna Uoddingem, Juno Templ, Brett Goldstin va boshqa aktyorlar ham o‘z rollariga qaytgan.

To‘rtinchi mavsum an’anaviy tarzda 10 ta epizoddan iborat bo‘ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling