“Odisseya” filmi kassa yig‘imlari 700 mln dollardan oshdi

E’lon qilingan sana· 111
“Odisseya” filmi kassa yig‘imlari 700 mln dollardan oshdi

Kristofer Nolanning “Odisseya” filmi dunyo bo‘ylab prokatning 13-kunida 727,9 million dollar kassa yig‘imini qayd etdi.

Shundan 320,5 million dollar Shimoliy Amerika, 407,4 million dollar esa xalqaro bozorlarga to‘g‘ri kelmoqda. Film hali Xitoyda namoyish etilmagan bo‘lib, u yerda prokat 14-avgust kuni boshlanadi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, “Odisseya” yaqin kunlarda 2026-yilda 1 milliard dollar kassalik yig‘imni ortda qoldirgan filmlar qatoriga qo‘shilishi mumkin. Hozircha bu marraga “O‘yinchoqlar tarixi 5”, “Super Mario: Galaktik kino” va “Maykl” biografik filmi erishgan.

Filmda Mett Deymon, Enn Xeteuey, Tom Holland, Robert Pattinson, Zendeya, Sharliz Teron va boshqa aktyorlar rol ijro etgan. Kartinaning ishlab chiqarish byudjeti 250 million dollarni tashkil etgan, Universal esa marketing kampaniyasiga qo‘shimcha 125 million dollar sarflagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling