“Qattiqqo‘l xonim 2” Disney+ va Hulu’da namoyish etila boshladi

Yozning eng muvaffaqiyatli filmlaridan biri bo‘lgan “Qattiqqo‘l xonim kiyadi 2” (Devil wears Prada 2) endi Disney+ va Hulu platformalarida tomosha qilish mumkin. Film jahon kinoprokatida 677 million dollar daromad yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.
Kartina voqealari 2006-yilda ekranlarga chiqqan ilk filmdan 20 yil o‘tib sodir bo‘ladi. Unda Enn Xeteuey ijro etgan Endi Saks yana Runway jurnaliga qaytadi, Meril Strip gavdalantirgan Miranda Pristli esa o‘z nashrini moliyaviy inqirozdan saqlab qolishga harakat qiladi. Emili Blant qahramoni esa endi Dior kompaniyasining nufuzli rahbarlaridan biriga aylangan.
Filmda, shuningdek, Stenli Tuchchi, Treysi Toms va Tibor Feldman yana o‘z rollarini ijro etgan. Yangi aktyorlar tarkibiga Kennet Brana, Patrik Brammall, Simon Eshli, Lyusi Lyu, B.J. Novak, Jastin Teru va Polin Shalame qo‘shilgan.
Filmga birinchi qism rejissyori Devid Frankel yana rejissyorlik qilgan, ssenariyni esa Alin Brosh Makkenna yozgan.