“Fall 2: Deadpoint” filmining yangi treyleri e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 388
“Fall 2: Deadpoint” filmining yangi treyleri e’lon qilindi

Lionsgate kinokompaniyasi “Fall 2: Deadpoint” trillerining yangi treylerini taqdim etdi. Film jahon kinoteatrlarida 2-sentabrdan namoyish etila boshlaydi.

Syujet birinchi qismda halok bo‘lgan Shayloning singlisi Jaks Hanter haqida hikoya qiladi. U yaqin dugonasi bilan Tailandga yo‘l oladi va tik qoya bag‘riga o‘rnatilgan yog‘och yo‘lak bo‘ylab ekstremal sayohatga chiqadi. Biroq kutilmagan tosh ko‘chkisi ularni qariyb ming metr balandlikda qamalib qolishiga sabab bo‘ladi.

Filmda Harriet Sleyter, Arsema Tomas, Tom Brittni, Virjiniya Gardner va Greys Kerolayn Karri rol ijro etgan. Rejissyorlar — aka-uka Spirig, ssenariy esa birinchi film muallifi Skott Mann va Jonatan Frenk tomonidan yozilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Fall” filmining ilk qismi 2022-yilda ekranlarga chiqib, 5 million dollarlik byudjet bilan dunyo prokatida 22 million dollar yig‘gan va keyinchalik bir qator mamlakatlarda Netflixning eng ommabop filmlari qatoridan joy olgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling